Online appeal

Report of corruption

Cancel Report

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More

Memorandum of Understanding Signed with the Independent Anti-Corruption Authority of Mongolia

More
Memorandum of Understanding Signed with the Independent Anti-Corruption Authority of Mongolia
731 100 For print

Jizzax viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashishda masʼuliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi

Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Sharof Rashidov tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor majlis yakunida o‘ziga yuklatilgan vazifalar ijrosiga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan maktabgacha va maktab taʼlimi, sog‘liqni saqlash, bank sohalaridagi turli darajadagi rahbarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish yuzasidan Milliy kengash qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, jami 14 nafar rahbardan 3 nafarini lavozimidan ozod etish,  9 nafariga  hayfsan, 2 nafarini rotatsiya qilish choralarini qo‘llash tavsiya qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifa va topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Respublika idoralararo ishchi guruhi tomonidan barcha hududlarda korrupsiya xavfi yuqori sohalarda o‘rganishlar olib borilmoqda.

O‘rganishlar yakuni bo‘yicha har bir hudud kesimida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks "Yo‘l xarita"lari tasdiqlanib, masʼuliyatsizlik va sustkashlikka yo‘l qo‘ygan masʼul rahbarlarga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rish ishlari davom ettiriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

731 100 For print

Other news

All news